Shavkat Mirziyoyev ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi bilan tanishish maqsadida Andijon viloyatiga tashrif buyurdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston Prezidentining viloyatga tashrifi davomida to‘qimachilik, pillachilik, farmatsevtika, agnosanoat korxonalari faoliyati bilan tanishish, istiqbolli loyihalarni muhokama qilish, viloyat faollari va mutasaddilar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazish rejalashtirilgan.
Izoh (0)