Andijonda 50 mingdan ziyod ish o‘rni yaratish belgilandi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev Ulug‘nor tumanida bo‘lib o‘tgan faollar yig‘ilishda ma’lum qildi, deya xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.
Viloyatda joriy yilda 25 mingta ish o‘rni yaratish nazarda tutilgani bizni mutlaqo qoniqtirmaydi. Chunki ishsizlar soni bundan yuqori.Qayd etishlaricha, Shavkat Mirziyoyevning Andijon viloyatiga tashrifi arafasida maxsus Ishchi guruh tomonidan mavjud imkoniyatlarni keng safarbar qilish hisobiga 51 mingdan ziyod ish o‘rni yaratish bo‘yicha reja ishlab chiqilgan.Hokimlar, sektorlar rahbarlari investitsiya va texnologiya olib kelib, sanoat va xizmat ko‘rsatish korxonalarini tashkil etishga, shu orqali odamlarni ish bilan ta’minlashga ko‘mak berishi kerak.
Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti
Izoh (0)