Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on va BMT bosh kotibi Antoniu Gutterish o‘zaro telefon orqali suhbatlashdi. Bu haqda Anadolu agentligiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, tomonlar G‘azo sektoridagi Isroilning harakatlariga jahon hamjamiyati yanada qattiqroq munosabat bildirishi lozimligini muhokama qilgan.
Agentlikning qayd etishicha, ular BMTning G‘azo sektoriga harbiy jinoyatlarni aniqlash uchun ekspertlarni yuborish qarorini ijobiy baholangan.
BMT ekspertlari mintaqada halok bo‘lgan falastinliklar taqdirini tekshirish bilan shug‘ullanadi.
Izoh (0)