Telegram messenjeri Rossiyadagi taqiqlarni aylanib o‘tish uchun bundan 10 yil oldin Rossiya Mudofaa vazirligi tomonidan patentlangan usullardan foydalanmoqda, deb xabar berdi Meduza.
Gap avtomatik ravishda IP-manzillarni almashtirish haqida ketmoqda. Bu borada Rossiya Mudofaa vazirligi Harbiy akademiyasi mutaxassislari 2007—2009-yillarda uchta patentni qo‘lga kiritgan.
Mudofaa vazirligi patentlari “paketdagi paket” g‘oyasini amalga oshirish usullarini tasvirlaydi. Telegram aynan shu konsepsiyani o‘zining shifrlash g‘oyalari bilan birgalikda qo‘llamoqda. Usullarni alohida qo‘llash samarasiz.
O‘z navbatida, Telegram tuzilmalaridan birining maxsus bo‘limi sobiq direktori Anton Rozenbergning ma’lum qilishicha, messenjer Mudofaa vazirligi pantetlaridan foydalanmagan.
Izoh (0)