AQShlik sayyohlar uchun Buyuk Britaniya shahzodasi Garri va amerikalik aktrisa Megan Marklning to‘yi sababli eng ko‘p tashrif buyuriladigan yo‘nalishlardan biriga aylandi, deb xabar beradi “TASS”.
Hozirgi kunda 2017-yilning shu davri bilan solishtirilganda Birlashgan Qirollikka kelish istagini bildirgan sayyohlar soni 12 foizga ortgan.
“Ma’lumki, qirollik oilasining to‘yi singari muhim voqealar insonlarni sayohat qilishga undaydi. Joriy haftada ko‘plab AQSh fuqarolarini mamlakatimizda ko‘rishdan xursandmiz”, — deyiladi xabarda.
Vindzor qasrining o‘ziga ushbu haftada eng kamida 50 ming amerikaliklar keladi, Birlashgan Qirollikka esa 35 ming nafar xorijiy sayyohlar tashrifi kutilmoqda.
Sayyohlar oqimi mamlakat iqtisodiyotiga sezilarli darajada foyda keltiradi. Garrining to‘yi dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, Birlashgan Qirollik iqtisodiyotiga 680 million dollar daromad keltirishi kutilmoqda.
Taxminan 270 million dollar sayyohlarning transport va mehmonxonalarni oldindan band qilish xizmatidan foydalangani uchun, 203 million dollar esa Garri va Meganning to‘yi munosabati bilan tashkil etiladigan bayram kechalarida ishtirok etishdan, 68 million dollar esa to‘y munosabati bilan ishlab chiqarilgan suvenirlar sotuvidan olinadi.
Garri va Meganning to‘yi 19-may kuni Vindzor qasri hududidagi Muqaddas Georgiy ibodatxonasida bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)