• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12603.52
    • RUB160.94
    • EUR14676.8
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    #UzbUSA2018: Sherzod Qudratxo‘jayevning AQSh haqidagi ilk taassurotlari: Orzu—amerikaliklar uchun eng muhim tushuncha

    Ayni paytda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning AQShga rasmiy tashrifi doirasida Vashingtonda bo‘lgan Xalqaro press klub rahbari Sherzod Qudratxo‘jayev Facebook’dagi sahifasida Amerika haqidagi ilk taassurotlari bilan bo‘lishdi.

    Foto: Facebook / Sherzod Qudratxo‘jayev

    Foto: Facebook / Sherzod Qudratxo‘jayev

    Amerika: ilk tassurotlar

    Okeanorti yurt

    Amerikaning buyuk Prezidenti Jorj Vashington sharafiga nomlangan shahar aholi soni bo‘yicha AQShda 27-o‘rinda turadi, 700 ming nafardan ziyod kishidan iboratdir, lekin Katta Vashingtonga qo‘shni shtatlardan ishga qatnaydigan va dam olish kunlari tashrif buyuruvchi sayyohlar hisobiga 5 million kishigacha oshib ketadi...

    AQShga parvoz vaqtida Vashington ancha salqin bo‘lsa kerak deb o‘ylagan edik. Lekin bizni hayratlantirgan narsa Vashingtondagi oftob bo‘ldi. Quyosh tafti to‘ppa-to‘g‘ri manglayni qizdirish darajasida urib turibdi. Havo issiq. Bamisoli o‘zimizning chilla oftobiga o‘xshaydi. Oftobdan keyin bir pasda yomg‘ir quyadi, xuddiki shakarob suv sepgan kabi. Shuning uchun daraxtlar, o‘t-o‘lanlar yam-yashil. Ko‘chada chang deyarli yo‘q. Nyu-York va Vashington shaharlari bir-biridan farq qiladi. Nyu-York okeanga yaqin, shuning uchun namlik yuqori, avtomobillar ko‘p va tirband bo‘lishiga qaramay zerikmaysiz. Shuningdek, u osmono‘par imoratlar shahri ham. Va anchayin shovqin. Binolar zich va shahar tirband. Vashington esa bir muncha shinam, oddiy va sokin shahar. Lekin bu yerda ham hayot tarzi shiddatkor. Shunday bo‘lsa-da, Nyu-Yorkka nisbatan o‘zingizni bir oz yengil sezasiz. Havosi yengil, shabboda esib turadi. Barcha idora va do‘konlar, umuman hamma binolar atrofida gullar ekilgan. Barcha tashkilotlar, ayniqsa biznes sektoridagilar “mijoz chaqiruvchi” dizaynerlarni ishga olishi urfga kirgan. Albatta, Vashingtondan kutganim osmono‘par binolar edi. Ammo, bu shaharda ular juda kam ekan. Vashington atrofida asosan 2 va 3 qavatli imoratlarni uchratasiz. Ular yog‘och va plastik kabi yengil qurilish materiallaridan barpo qilingan.

    Amerikada eng katta muammo – avtoturargoh (parkovkalar)ning yetishmasligi. Bu muammoga safarimizning ilk kunlaridayoq biz ham duch keldik. Katta ko‘chada turgan edik, haydovchimizga 50 dollar jarima belgilandi. Politsiya xodimi xuddi kinolardagidek chek yozib berdi, biz uchun noodatiysi, hech kim qo‘l siltamadi va bahslashmadi ham. Binolar atrofidagi parking xizmati 10 dollardan 25 dollargacha.

    Amerika – orzular mamlakati...

    Foto: Facebook / Sherzod Qudratxo‘jayev

    Foto: Facebook / Sherzod Qudratxo‘jayev

    Orzu — amerikaliklar uchun eng muhim tushuncha. Va bu oddiy hissiyot emas, balki mamlakatda qadriyatga aylangan. Ular biz kabi “orzuga ayb yo‘q” deyishmaydi. Ular orzuga ishonishadi. Amerikada mashhur aktyor yoki milliarder, hatto prezident bo‘lish ham oddiy orzu. Faqat boshqa xalqlardan farqi — ular o‘z orzulari uchun kurashadilar, shu g‘oya uchun jonlarini fido qiladilar.

    Amerika – immigrantlar mamlakati ham. Uning qudrati ham shunda. Xizmat ko‘rsatish sohasida Efiopiya, Gana, Ukraina, Tunis va Afrika mamlakatlari fuqarolarini ko‘p uchratasiz. Lekin hamma bir xilda xushmuomala va sertakalluf. Millati va e’tiqodidan qat’i nazar hamma muomala borasida go‘yoki bir xil qiyofali insonlarga o‘xshaydi. Bu yerda juda ko‘p narsani tabassum va ochiqdan-ochiq xushomad hal qiladi. Va albatta tartib-intizom. Ayniqsa ishda. Chunki Amerikada ish joyini yo‘qotish hayotda hamma narsani yo‘qotish bilan barobar. Kreditga uy va mashina olganlar ish joyini yo‘qotishdan ayniqsa ko‘proq qo‘rqishadi. Shuning uchun ham bu yerda odamlar o‘z ishini imkon qadar vijdonan va tartibli bajaradi. Ishsiz qolish bu mamlakatda fojia bilan teng. Amerikaliklar hamma ishni aniq qoida bilan bajaradi. Masalan, yuk tashuvchi bo‘lsa, albatta qo‘lqop kiyib ishlaydi. Qulay ishchi kiyimda ya’ni korjomada. Oyog‘ida shippak kiyib ishlamaydi. Umuman har bir kasbning o‘zining maxsus kiyimi bor. Tartib mana shu kiyinishdan boshlanadi. Mehnat xavfsizligiga qat’iy amal qilish — yozilmagan qoidalardan biri. Uni hech kim buzmaydi. Bizni transportda olib yurgan tunislik Habib ham doimo oq ko‘ylak va galstukda. Mikroavtobus to‘xtaganda har safar mashinaning orqasidan o‘tib eshikni ochadi va o‘tirganimizda yopadi, erinmaydi, g‘uddaymaydi “Mercedes haydayapman-ku” deb. Bu yerda hamma o‘z ishini sevib bajarishga harakat qiladi.O‘zi umuman olganda, odamlarda kibr va manmanlik yo‘q, masalan Starbucks’ga kirib millioner yoki taniqli odam bilan qahvaga navbatda turasiz...

    Amerika qudrati...

    Foto: Facebook / Sherzod Qudratxo‘jayev

    Foto: Facebook / Sherzod Qudratxo‘jayev

    Ko‘pchilik Amerika qudratini harbiy yoki siyosiy salohiyat bilan baholaydi. Lekin, bugun bunday salohiyatga boshqa mamlakatlar ham ega. Men esa Amerika qudratini uning xalqiga xos bo‘lgan juda kuchli ishonchda ko‘rdim. Amerikaliklar Amerikani dunyoda eng qudratli va adolatli davlat deb ishonadilar. Menga bu yerda mamlakatni siyosatchilar emas, balki Amerika xalqining o‘zi boshqarayotgandek tuyuldi. Va bu haqiqatga ancha yaqin. Amerika xalqi juda ko‘p yillar davomida muammolarga oson yechim topish yo‘lini qidirdi. Kuchli siyosatchilar esa xalqning bu orzusini haqiqatga aylantira oldi. Bu yerda muammolar bor, ammo uning yechimlari ham oddiy. Amerikada “hayot murakkab, lekin unda yashashning juda oddiy yo‘llari bor” degan tushuncha ustuvor. Bunga erishishning yagona yo‘li – bu mehnat va uddaburonlik. Xalqning siyosiy irodasi va tanlovi haqida gapirganda albatta amerikaliklarning o‘ziga xos an’anasini eslamaslikning iloji yo‘q. Yillar davomida avloddan avlodga o‘tib kelayotgan an’ana – bu Amerikada xalqning saylovlarda yo demokratlar yoki respublikachilarga ovoz berishidir. Amerikada Kongressdagi joy uchun kurash adolatli va barcha shtatlar uchun teng. Shuning uchun bu yerda “eng obro‘li va nufuzli kongressmenlar Nyu-York va Vashingtondan bo‘lsa kerak” deganlar yanglishadi. Katta va kichik shtalarning farqi faqat o‘lchamida xolos. U yerdan saylangan kongressmenlar xam jiddiy ob-havo qila oladilar. Siyosiy kurash va obro‘ qozonish maqsadini maqola avvalida aytganimizdek, orzularga qattiq ishonish, mehnat va uddaburonlik fazilati hal qiladi.

    Foto: Facebook / Sherzod Qudratxo‘jayev

    Foto: Facebook / Sherzod Qudratxo‘jayev

    Yana bir muhim jihati — amerikaliklar xudojo‘y, bekorga “In God we trust” (“Xudoga biz ishonamiz”) ularning milliy g‘oyasiga aylanmagan..

    Ochig‘i, Amerikada menga xalqimizning sevimli shoiri Abdulla Oripovning mashhur she’ridagi satrlar hamrohlik qilmoqda desam mubolag‘a bo‘lmaydi .

    “... Amerika sehrli diyor, uxlar edi Kolumb ham hali.Dengiz ortin yoritdi ilk bor, Beruniyning aql mash’ali...”, lekin bu haqda keyingi postlarimda batafsil to‘xtalaman.

    Amerikada safarimiz davom etmoqda. Yangi taasurotlar bilan albatta bo‘lishamiz.

    13.05.2018, 12:37   Izoh (0)   16871
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda advokat so‘rovining bajarilish tartibini buzgan shaxslar jazolanadi

    13.05.2018, 12:19

    Kambag‘allikka sabab bo‘luvchi amallar

    13.05.2018, 11:26

    #UzbUSA2018: AQShda Shavkat Mirziyoyevning tashrifini yorituvchi matbuot markazi tashkil etildi

    13.05.2018, 10:57

    O‘zbekistonda fraksiyalararo muhokamalar: avtomototransport vositalari ijarasi kimlarga beriladi?

    13.05.2018, 10:40

    O‘zbekistonda advokatlik litsenziyasini tugatish sud tartibida amalga oshiriladi

    13.05.2018, 10:06

    Jozef Votel: Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish – umumiy maqsadimiz

    13.05.2018, 09:17
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 

     

    Tavsiya etamiz

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06

    Titanlar to‘qnashuvi: g‘arb burguti kuchlimi yoxud sharq ajdari?

    21 iyul, 19:50

    Favvorada cho‘milayotgan, muzqaymoqqa navbatda turgan odamlar, maysada uxlayotgan it-mushuklar — Toshkentda chilla

    21 iyul, 14:05

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonning qator hududlarida issiqlik va gidroelektr stansiyalari ishga tushiriladi

    O‘zbekiston | 22 iyul, 00:13

    Indoneziya prezidentining mushugi shaxsiy qo‘riqchiga ega bo‘ldi

    Dunyo | 22 iyul, 00:00

    O‘zbekistonda gaz va benzin ishlab chiqarish hajmi kamaydi

    O‘zbekiston | 21 iyul, 23:44

    Isroil 25 davlatning G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi chaqirig‘ini rad etdi

    Dunyo | 21 iyul, 23:16

    Qirg‘izistonda SIM kartalarni uchinchi shaxsga berish va sotishni taqiqlovchi qonun qabul qilindi

    Dunyo | 21 iyul, 22:56

    O‘zbekistonda “oltmishvoy” va “yetmishvoy”lar tug‘ilishi sezilarli kamaydi

    O‘zbekiston | 21 iyul, 22:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.