AQSh Qurolli Kuchlari Markaziy qo‘mondonligi qo‘mondoni, general Jozef Votel O‘zA muxbiri bilan suhbatda ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli va serqirra hamkorlik istiqbollari haqida fikr bildirdi.
O‘zbekistonga uchinchi bor kelishim. Har gal islohotlar tomon dadil harakatni sezaman.Prezident Shavkat Mirziyoyevga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildiraman. Muloqot davomida O‘zbekiston bilan AQSh o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlik, dolzarb mintaqaviy muammolar, jumladan, Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan fikr almashdik.
Davlatingiz rahbarining chuqur o‘ylangan, xalq manfaatlari hisobga olingan hamda O‘zbekistonning dunyodagi mavqeini mustahkamlashga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlari e’tirofga loyiq. Prezidentning sa’y-harakatlari Afg‘oniston bilan ishlayotgan tomonlar uchun ham juda foydali. Biz Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish, ushbu mamlakatda tinchlikka erishish istiqbollarini muhokama etdik.
O‘zbekiston Afg‘onistonda barqarorlik o‘rnatish bo‘yicha xalqaro koalitsiya tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni qo‘llab-quvvatlab kelmoqda. Xususan, mamlakatingiz o‘z hududidan Shimoliy taqsimot tarmog‘i orqali Afg‘onistonga yuk tashishda yordam bermoqda. Bu AQShning Afg‘onistondagi ishlari muvaffaqiyatli kechishiga hissa qo‘shmoqda. Ushbu sohadagi aloqalar o‘zaro hamkorligimizning muhim yo‘nalishidir”.
Jozef Votel, AQSh Qurolli Kuchlari Markaziy qo‘mondonligi qo‘mondoni
Izoh (0)