Advokat so‘rovining bajarilish tartibini buzgan shaxslar jazolanadi, deb xabar beradi Adliya vazirligi Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanalida.
Prezident Farmoniga muvofiq:
advokatlarning o‘zlarining himoya ostidagi shaxslar bilan uchrashuvi begona shaxslarning qatnashuvisiz o‘z vaqtida va hech qanday to‘siqlarsiz amalga oshirilishi ta’minlanadi;
advokatlar moneliksiz sud binosiga kompyuter, mobil va boshqa aloqa vositalarini olib kirish huquqiga ega;
advokatlarning so‘rovlari ko‘pi bilan o‘n besh kun muddatda bajarilishi shartligi belgilandi;
advokat so‘rovining bajarilish tartibini buzgan mansabdor shaxslar advokatlarning sudlarga murojaatiga asosan javobgarlikka tortiladi;
advokatlik byurolari turar joylarda faoliyat yuritishi mumkin.
Izoh (0)