O‘zbekiston Prezidenti Matbuot xizmati AQShning Vashington shahrida matbuot markazini tashkil etdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.
Bu markaz Prezident Shavkat Mirziyoyevning AQShga rasmiy tashrifini keng va tezkor yoritishda jurnalistlarga ko‘maklashadi. Bu yerda zarur ma’lumotlar tarqatilib, tashrif natijalari bo‘yicha matbuot anjumanlari o‘tkazib boriladi.
Prezident tashrifining rasmiy xeshtegi #UzbUSA2018 qabul qilindi. Foydalanuvchilar o‘z fikr-mulohazalarini ushbu xeshteg bilan yozib qoldirishi mumkin. Odatdagidek, ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlar mabuot xizmati tomonidan doimiy ravishda monitoring qilinadi, deyiladi xabarda.
Izoh (0)