AQSh prezidenti Donald Tramp IShIDning eng ko‘p qidirilayotgan besh nafar yetakchisi qo‘lga olinganini ma’lum qildi, deb yozmoqda “RIA Novosti”.
Trampning Twitter’da qoldirgan postiga ko‘ra, IShIDning eng ko‘p qidirilayotgan besh nafar yetakchisi yaqinda qo‘lga olingan.
Boshqa tafsilotlarni Oq Uy rahbari keltirib o‘tmadi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)