Isroil harbiylari Suriyaning havo hujumiga qarshi tizimiga zarbalar bermoqda, deb yozadi “Gazeta.ru”.
“Havo hujumiga qarshi mudofaa Isroilning o‘nlab raketalariga qarshi turmoqda, ularning ba’zilari nishonga tegdi va bitta radiolokatsiya qurilmasini yo‘q qildi”, — deb xabar berdi SANA davlat axborot agentligi harbiy manbasiga tayanib.
Shuningdek, ma’lum qilinishicha, isroillik harbiylar qurol-yarog‘lar omboriga kira olgan.
Avvalroq Eronning Suriyadagi qurolli kuchlari Golan tepaliklaridagi Isroil qo‘shinlari marralariga raketa hujumini uyushtirgan edi.
Izoh (0)