“Manchester Yunayted” sobiq bosh murabbiyi Aleks Fergyuson intensiv terapiya bo‘limidan statsionarga o‘tkazildi, deb xabar beradi klub matbuot xizmati.
“Fergyusonlar oilasi qo‘llab-quvvatlashlardan va ko‘plab yaxshi tilaklardan xursand, ammo yana bir bor ma’lumotlarni sir saqlashni so‘raydi, chunki bu davolanishning keyingi bosqichlarida juda muhim o‘rin tutadi”, – deyiladi “Manchester Yunayted” bayonotida.
Ma’lumot uchun 5-may kuni shotlandiyalik mutaxassis miyaga qon quyilishi sabab operatsiya qilingan va shundan beri intensiv terapiya bo‘limida qolayotgandi.
Izoh (0)