Bugun, 9-may sanasida Rossiya kubogining final bahsi bo‘lib o‘tdi.
Finalda yetakchi jamoalarni ortda qoldirgan holda hal qiluvchi bahsga yetib kelgan “Tosno” hamda “Avangard” jamoalari o‘zaro bellashdi. Uchrashuv o‘zbekistonlik yarim himoyachi Vagiz Galiulin harakat qiladigan “Tosno”ning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Natijada Galiulin jamoasi bilan birgalikda klub tarixida ilk bor Rossiya kubogi sohibiga aylandi.
Ma’lumot uchun bir necha kun oldin o‘zbekistonlik himoyachi Vitaliy Denisov “Lokomotiv” jamoasi bilan Rossiya chempionligini qo‘lga kiritgan edi.
Rossiya kubogi
Final bellashuvi
9-may, chorshanba
“Tosno” — “Avangard Kursk” 2:1
Gollar: 1:0 – 10 Skvorsov, 1:1 – 16 Kireyev, 2:1 – 80 Mirzov.
“Tosno”: Yurchenko, Buyvolov, Suxarev, Chernov, Margasov, Skvorsov (Rikardino, 66), Jigulev (Karnitskiy, 85), Galiulin, Paliyenko (Nunu Rosha, 58), Mirzov, Poletanovich.
“Avangard Kursk”: Kobzev, Dashayev, Gotsuk, Bagayev, Gurfov, Korobov, Alshin, Netfullin, Bolov (Tlupov, 77), Kireyev, Fedchuk (Akbashev, 82).
Ogohlantirishlar: Buyvolov (56), Fedchuk (76), Mirzov (81).
Izoh (0)