9-may sanasida Angliya premer ligasi 31-turi doirasida qoldirilgan 4 ta uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Jumladan, “Lester” o‘z maydonida “Arsenal”ni qabul qilib, 3:1 hisobidagi g‘alabani tantana qildi.
“Chelsi” esa APLda qolish uchun kurashayotgan “Xaddersfild”ga qarshi maydonga tushib, durang qayd etdi. Bu orqali londonliklar 4-o‘rin uchun kurashdagi imkoniyatni keskin pasaytirib yubordi.
Muddatidan avval Angliya chempioni bo‘lgan “Manchester Siti” “Brayton”ni qabul qilib, 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. E’tiborlisi, “Siti”ning uchta goli ham Leroy Sanening uzatmasidan so‘ng kiritildi.
4-o‘rin uchun kurashayotgan “Tottenhem” esa “Nyukasl”ga qarshi kurash olib borib, Harri Keyning yagona goli evaziga muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.
Angliya premer ligasi
31-tur qoldirilgan uchrashuvlari
8-may, seshanba
“Suonsi” — “Sautgempton” 0:1
Gol: 0:1 — 72 Gabbiadini.9-may, chorshanba
“Chelsi” — “Xaddersfild” 1:1
Gollar: 0:1 – 50 Depuatr, 1:1 – 62 Alonso.
“Lester” — “Arsenal” 3:1
Gollar: 1:0 – 14 Ixeanacho, 1:1 – 53 Obameyang, 2:1 – 76, penalti Vardi, 3:1 – 90 Marez.
Chetlatish: Mavropanos (15).
“Manchester Siti” — “Brayton” 3:1
Gollar: 1:0 – 16 Danilo, 1:1 – 20 Uloa, 2:1 – 34 Bernardu Silva, 3:1 – 72 Fernandinyo.
“Tottenxem” — “Nyukasl” 1:0
Gol: 1:0 – 50 Keyn.
10-may, payshanba
Izoh (0)