O‘zbekistonning zaif eshituvchilar terma jamoasi Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatidagi o‘z ishtirokini yakunladi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.
Murodjon Ahmedov boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi musobaqaning “A” guruhida Janubiy Koreya, Malayziya, Yaponiya terma jamoalari bilan bir guruhdan joy olgandi.
O‘zbekiston guruhdagi o‘yinlarda quyidagi natijalar qayd etdi:
- O‘zbekiston – Yaponiya 0:2
- Malayziya – O‘zbekiston 4:2
- Janubiy Koreya – O‘zbekiston 5:0
O‘zbekiston termasi 4-may kuni “B” guruhidagi Saudiya Arabistoni terma jamoasiga qarshi bahs olib bordi va 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Natijada terma jamoa Jahon Chempionatiga yo‘llanma beruvchi 1-5 o‘rinlar uchun kurashish imkoniyatini yo‘qqa chiqardi.
7-8-o‘rin uchun kechgan o‘yinda O‘zbekiston terma jamoasi Ummonni 7:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Shu tariqa O‘zbekiston Osiyo chempionatida 7-o‘rin bilan kifoyalandi.
Izoh (0)