Kecha, 6-may sanasida futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 10-turi o‘z nihoyasiga yetdi. Superliganing ushbu turida stadionlarga tashrif buyurish bo‘yicha rekord natija kuzatildi, deb yozmoqda PFL rasmiy sayti.
Bungacha rekord Superliganing 3-turiga tegishli bo‘lib, unda o‘yinlarga jami 85 209 nafar tomoshabin kelgandi. Superliganing 10-turida esa bu ko‘rsatkich 88 564 nafar muxlisni tashkil etdi va bu hozircha mavsum rekordi hisoblanadi.
Chempionatning 10-turiga kelib stadionlarda uchrashuvlarni tomosha qilish uchun tashrif buyurgan muxlislar soni jami 651 453 nafarni tashkil etdi va bu avvalgi mavsum bilan solishtirganda deyarli 2,5 barobar ko‘proq natija hisoblanadi, deyiladi PFL xabarida.
Izoh (0)