2017/18-yilgi Yevropa Ligasining “Atletiko M” — “Marsel” o‘rtasidagi final bahsini niderlandiyalik hakamlar bosharadi. Bu haqda UEFA rasmiy saytida xabar berildi.
Unga ko‘ra, final uchrashuvini niderlandiyalik Byorn Kuypers boshqaradi. Byornga qanotlarda hamyurtlari — Sander van Rukel va Ervin Zeynstra yordam beradi, darvoza ortidagi hakamlar – Pol van Bukel va Danni Makkeli. To‘rtinchi hakam – polshalik Shimon Marchinyak bo‘ladi.
Final uchrashuvi 16 may kuni Liondagi “Stad de Lion” stadionida bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)