Quddus rasmiylari Donald Tramp sharafiga shahardagi maydonlarning birini “AQSh maydoni” deya nomlash haqida qaror qabul qildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
“Shu tariqa, Quddus Isroil davlatini qo‘llab-quvvatlayotgan prezident Tramp va AQSh fuqarolariga ehtiromini ko‘rsatmoqda. Tramp Quddusni yahudiy xalqi poytaxti sifatida tan olishga qaror qildi va tarixiy haqiqatni tanladi”, — dedi shahar meri Nir Barkat.
Hozirda mazkur maydon rasman nomga ega emasligi va uning yonida AQSh elchixonasi joylashishi bildirilmoqda.
Izoh (0)