Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston, Ozarbayjon, Armaniston, Belаrus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Tojikiston, Turkmaniston, Abxaziya va Janubiy Osetiya yetakchilari, shuningdek, Gruziya va Ukraina fuqarolarini ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 73 yilligi bilan tabrikladi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati ma’lum qildi.
Rossiya prezidenti suronli urush yillarida sinovdan o‘tgan birodarlik an’analari mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish uchun asos bo‘lib xizmat qilishiga ishonch bildirdi.
Putin barcha urush faxriylari va front ortida xizmat qilganlarga samimiy ehtirom bildirib, ularga uzoq umr, sihat-salomatlik va tinchlik-omonlik tiladi.
Izoh (0)