Egey dengizida Turkiya yuk kemasi Gretsiya harbiy-dengiz kuchlarining kemasiga zarba berishga urinib ko‘rdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Hodisa 4-may kuni ertalabki soat 4:00 da Lesbos oroli yaqinida yuz bergan.
Turk savdo kemasi Armatolo harbiy kemasining chap tomonidan yaqinlashgan. Harbiy kema patrulni amalga oshirayotgan edi. Turk kemasi o‘z manyovri bilan harbiy kemaga zarba berishga uringan. Shundan so‘ng savdo kemasi darhol Turkiya suvlari tomonga yo‘l olgan.
Ekipaj a’zolaridan hech kim jabrlanmagan, harbiy kema esa jiddiy zarar ko‘rmagan, biroq hodisa shubhali va jiddiy hisoblanadi.
Izoh (0)