Turkiyaning asosiy muxolifatchi Xalq-respublikasi partiyasining (XRP) parlament fraksiyasi Muharram Injeni prezidentlik saylovlarida o‘zini nomzod etib ko‘rsatdi, deb xabar beradi “Vesti Kavkaza”.
54 yoshli Inje — Yalova viloyatining deputati hisoblanadi. XRPning fevral oyida bo‘lib o‘tgan so‘nggi yig‘inida u partiyaning amaldagi yetakchisi Kamol Qilichdaro‘g‘liga raqiblik qilgandi.
Hukmron Adolat va rivojlanish partiyasi prezidentlik sayloviga nomzod sifatida amaldagi prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘on ismini ko‘rsatgan. Eslatib o‘tamiz, Turkiyada muddatdan oldingi prezidentlik va parlament saylovlari 24-iyun kuni bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)