Amerika sudi Eronga 11-sentabr teraktlari qurbonlarining oilalariga tovon puli to‘lash majburiyatini yukladi, deb yozadi “Kommersant”.
Sud hujjatlariga ko‘ra, halok bo‘lganlarning turmush o‘rtoqlariga 12,5 million dollardan, ota-ona va farzandlariga — 8,5 million, aka-uka va opa-singillariga — 4,25 million dollardan to‘lash ko‘zda tutilgan.
2001-yil 11-sentabr kuni “Al-Qoida” guruhining 19 terrorchisi AQShda to‘rtta yo‘lovchi samolyotini qo‘lga olgan, ulardan ikkitasini Jahon savdo markazi minoralariga yo‘naltirgan edi. Uchinchi samolyotni terrorchilar Vashington tashqarisidagi Pentagon binosiga qarab uchirgan, to‘rtinchi samolyot ham Amerika poytaxti tomonga yo‘naltirilgan, ammo Pensilvaniya shtatidagi Shanksvill shahri yaqiniga qulagan edi.
Teraktlar natijasida 2977 kishi halok bo‘lgan.
AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi terakt tekshiruvi bo‘yicha qator hujjatlarni oshkor qilgan edi.
Izoh (0)