Eronning Boyirahmat va Koxgiluye viloyatlaridagi Sisext va Yasuj aholi yashash punktlarida yuz bergan zilzila oqibatida 50 dan ortiq odam jarohat oldi, deb xabar beradi “TASS”.
2-may kuni soat 07:08 da Eron janubida 5,3 balli zilzila yuz berdi. Zilzila epimarkazi Yasuj shahridan 11,2 kilometr shimoli-sharqda, Semirom aholi yashash punktidan esa 78,2 kilometr janubda 10 kilometr chuqurlikda joylashgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, jarohat olganlarning 31 nafari shifoxonaga yotqizilgan bo‘lib, 20 nafariga voqea joyida yordam ko‘rsatilgan.
Izoh (0)