Liviya poytaxti Tripoli shahrida terrorchilar tomonidan Oliy saylov komissiyasining shtab-kvartirasiga uyushtirilgan hujum oqibatida 16 kishi halok bo‘ldi, yana 19 kishi jarohat oldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Hujum joriy oyning oxiriga rejalashtirilgan saylovlar uchun saylovchilarni ro‘yxatga olish vaqtida yuz bergan. Politsiya ikki nafar jangarini yo‘q qilgan.
Hujum uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga olgan.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)