Indoneziya prezidenti Joko Vidodo AQSh-KXDR sammitini Jakartada o‘tkazishni taklif qildi, deb yozadi “TASS”. Bu haqda u KXDR va Koreya Respublikasining Indoneziyadagi elchilari bilan uchrashuvdan keyin aytib o‘tgan.
“Agar ikki mamlakat yetakchilarining uchrashish rejasi bo‘lsa, biz mezbonlik qilishga tayyormiz”, — dedi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Jakarta “ehtimoliy sammitni to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi hamda mintaqadagi va butun dunyodagi tinchlik jarayoniga ijobiy ta’sir qiladigan kelishuvlarga erishilishiga umid qiladi”.
Izoh (0)