Rossiya prezidenti Vladimir Putin Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning Eron o‘z yadro dasturi haqida yolg‘on gapirganligi haqidagi bayonotidan keyin u bilan telefon orqali suhbatlashdi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
“Vladimir Putin Rossiya pozitsiyasini tasdiqladi — xalqaro barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlash uchun birlamchi ahamiyatga ega rejaga barcha tomonlar og‘ishmay rioya qilishi kerak”, — deyiladi Kreml xabarida.
Bundan tashqari, siyosatchilar Yaqin Sharqdagi vaziyat yuzasidan fikr almashdi.
Izoh (0)