Ukrainaning Odessa viloyati Belgorod-Dnestrovskiy shahrida yetti yoshli bola ko‘p xonadonli uyning beshinchi qavati balkonidan tushib ketdi va shikastlandi, deb yozadi “Korrespondent.net”. Bola kasalxonaga yotqizildi.
Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, bola onasi bilan birga yaxshi sharoitda yashaydi. Oila ilgari ijtimoiy xizmatlar ro‘yxatida turmagan. Shunga qaramay, bolaga qarash bo‘yicha majburiyatlarning bajarilmasligi haqidagi modda belgilari bo‘yicha sudgacha tergov ishlari boshlandi.
Izoh (0)