Isroil harbiylari G‘azo sektori chegarasida uch nafar falastinlik fuqaroni otib o‘ldirdi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Falastin fuqarolardan biri chegarani noqonuniy kesib o‘tmoqchi bo‘ldi, ikki nafari esa askarlarga portlovchi moslamalar bilan hujum qilgan.
Aslida to‘rt nafar falastinlik fuqaro chegarani noqonuniy kesib o‘tishga uringan. Omon qolgan bir nafar fuqaro hozirda so‘roq qilinmoqda.
Isroil hukumati o‘ldirilgan falastinliklarni XAMAS terrorchilik guruhi vakillari deb hisoblamoqda.
Ma’lumot uchun, so‘nggi oy davomida Isroilning G‘azo sektori bilan chegarasida qariyb 50 nafar falastinlik o‘ldirildi.
Izoh (0)