Buyuk Britaniyaning Nyuport shahri markazida yengil avtomobilning odamlar ustiga yurib ketishi oqibatida to‘rt kishi jarohat oldi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Mahalliy politsiyaning ma’lumotlariga ko‘ra, jarohat olganlarning uch nafari ayol kishi.
Ta’kidlanishicha, avtomobil jabrlanuvchilarni bir necha bor turtib o‘tgan. Birozdan so‘ng ushbu mashina noxush hodisa sodir bo‘lgan joy yaqinida yoqib yuborilgan holda topilgan.
Izoh (0)