“Roskomnadzor” taxminan 18 millionta IP-manzilni qora ro‘yxatga kiritdi. Blokirovka davom ettirilgan taqdirda Rossiya biznesining moliyaviy zarari yaqin oylar ichida bir milliard dollarni tashkil qilishi mumkin. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, Rossiya hukumatining Telegram’ni blokirovka qilishga urinishlari ko‘plab internet xizmatlari ishining qiyinlashishiga olib keladi.
Rossiyaning taxminan 400 ta tashkiloti jabr ko‘rgan. Ularning ma’lumotlar saqlash, dasturlar, sun’iy intellekt, geolokatsiya, to‘lovlar, banklar bilan aloqa, mijozlarga xizmat ko‘rsatish tizimlarida uzilishlar kuzatilmoqda.
Amazon va Google bulut xizmatlari ish qobiliyatining, shuningdek, Google reklama maydoni ishining to‘xtashi ikkita kompaniyada 2018-yil yakuni bo‘yicha 940 million dollar zararni keltirib chiqarishi taxmin qilinmoqda.
Izoh (0)