Rossiya mudofaa vazirligining bayonotiga ko‘ra, AQSh, Buyuk Britaniya va Fransiya Suriyadagi harbiy va fuqarolik infratuzilma obyektlariga zarba bergan. Bu haqda Meduza xabar qilmoqda.
Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, hujum Suriya vaqti bilan 3:42 dan 5:10 gacha (Toshkent vaqti bilan 5:42 dan 7:10 gacha) bo‘lgan oraliqda amalga oshirilgan. Operatsiyada samolyotlar va kemalar ishtirok etgan. Rossiya armiyasining Suriyadagi havo hujumidan himoya vositalari hujumni qaytarish uchun harakatga keltirilmagan.
“AQSh va uning ittifoqchilari tomonidan uchirilgan birorta ham qanotli raketa Rossiya havo hujumidan himoya bo‘linmalarining ta’sir doirasidan o‘tmagan”, — deyiladi Rossiya mudofaa vazirligi xabarida.
Avvalroq Rossiya elchixonasi AQShni Putinni haqorat qilganlikda ayblagani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)