Twitter’da AQSh, Britaniya va Fransiya tomonidan Damashqqa berilgan raketa zarbalari videosi paydo bo‘ldi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar qilmoqda.
Tasvirda qizil gumburlagan ovozlar va qizil chaqnashlarni ko‘rish mumkin.
Oldinroq AQSh prezidenti Donald Tramp Suriyaga zarba berishga buyruq bergandi. Unga Buyuk Britaniya va Fransiya ham qo‘shildi.
https://twitter.com/omas7/status/984988159841898496
Reuters manbalariga ko‘ra, AQSh “Tomagavk” qanotli raketalari yordamida zarba bergan.
Hujumdan so‘ng Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey va Fransiya prezidenti Emmanuel Makron ham bayonot bilan chiqdi.
Rossiyaning AQShdagi elchisi Anatoliy Antonov ushbu mamlakatlarning harakati javobsiz qolmasligi haqida ogohlantirdi.
Damashqqa berilgan raketa zarbalarining videosi paydo bo‘ldi
Izoh (0)