AQSh prezidenti Donald Tramp Suriyaga zarba berishni buyurdi. Bu haqda Euronews ma’lum qildi.
Suriyadagi operatsiya AQSh, Fransiya va Buyuk Britaniya harbiylari ishtirokida amalga oshirilmoqda.
“Fransiya va Buyuk Britaniya qurolli kuchlari bilan hamkorlikdagi operatsiya boshlandi. Biz buning uchun ularga minnatdorlik bildiramiz”, — dedi Tramp televideniye orqali millatga murojaatida.
Oq uy rahbari mazkur operatsiya faqat Suriya hukumat kuchlari kimyoviy qurolni qo‘llashni to‘xtatganda yakunlanishini bildirdi.
Reuters agentligi Damashqda portlashlar eshitilayotgani, shahardan tutun ko‘tarilayotganini ma’lum qildi.
AQSh Duma shahrida kimyoviy hujum amalga oshirilganiga oid xabarlar paydo bo‘lganidan bir hafta o‘tib Suriyaga zarba berish haqida qaror qabul qildi.
Izoh (0)