Rossiyaning AQShdagi elchixonasi g‘arb mamlakatlari tomonidan Suriyaga aviazarbalar berilayotgani munosabati bilan bayonot e’lon qildi. Unda Rossiya prezidentiga nisbatan qilingan haqorat “qabul qilib bo‘lmaydigan va yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan” deb atalgan. Bu haqda Meduza xabar berdi.
Gap AQSh prezidenti Donald Trampning bayonoti haqida ketmoqda. Trampning bayonotiga ko‘ra, Suriyadagi kimyoviy hujum — Vladimir Putinning Suriyadagi kiimyoviy qurolni yo‘q qilish haqidagi va’dasida tura olmasligining natijasi. Bu haqda Tramp 14-aprelda Suriyaga hujum haqida qilgan bayonotida gapirgan.
“Aviazarbalarning oqibatlari uchun barcha javobgarlik Vashington, London va Parijning zimmasiga tushadi. Rossiya prezidentining haqorat qilinishini qabul qilib va unga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. AQSh — yirik kimyoviy qurol arsenali egasi — boshqa mamlakatlarni ayblashga haqli emas”, — deyiladi Rossiya elchisi Anatoliy Antonovning bayonotida.
Izoh (0)