Eronning oliy diniy yetakchisi oyatulloh Ali Xomanaiy Suriyaga berilgan aviazarbalardan so‘ng AQSh, Fransiya va Buyuk Britaniya rahbarlarini jinoyatchilar deb hisoblashini ma’lum qildi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.
“Men shaxsan bayonot beraman — AQSh prezidenti, Fransiya prezidenti va Buyuk Britaniya bosh vaziri — jinoyatchilardir. Ular shu bilan to‘xtab qolmaydi, so‘nggi yillarda ular Iroq, Suriya va Afg‘onistonga kirib borib, xuddi shunday jinoyatlarni sodir etishgan va daromad ko‘rishgan”, — dedi Xomanaiy islom mamlakatlari elchilari bilan uchrashuv chog‘ida.
Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakat xalqiga murojaati davomida Suriyaga zarbalar berish bo‘yicha qaror qabul qilganini ma’lum qilgan edi. Fransiya tomoni ushbu hujum haqida Rossiya oldindan ogohlantirilganini ta’kidlamoqda. Rossiya bo‘lsa BMT Xavfsizlik kengashining favqulodda majlisi chaqirilishini talab qilmoqda.
Izoh (0)