Suriyaning Xoms shahriga berilgan aviazarbalar oqibatida uch nafar tinch aholi vakili jabrlandi. Bu haqda Associated Press’ga tayanib, Meduza xabar bermoqda.
Xabar qilinishicha, hodisa Suriya havo hujumidan himoya qo‘shinlari raketalarni o‘z yo‘nalishidan chiqarib yuborgach yuz bergan.
Suriya televideniyesining xabar qilishicha, Damashqdagi nishonlarga berilgan zarbalar Ilmiy-tadqiqot markazi binosiga zarar yetkazgan. Binoda laboratoriya va o‘quv markazi joylashgan edi. Bu hujum oqibatida hech kim jabrlanmagan.
Izoh (0)