Indira Joldubayeva Qirg‘iziston bosh prokurori lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar berdi Sputnik.
Prezident Sooronbay Jeenbekov Jogorku Keneshga uning iste’fosi haqidagi taqdimnoma kiritdi va buni bosh prokuror qo‘yilgan vazifalarni uddalay olmagani bilan asosladi.
Jogorku Keneshning 105 nafar deputati iste’foni yoqlab ovoz berdi, ikki kishi qarshi chiqdi.
Indira Joldubayeva bundan uch yil avval, 36 yoshida ushbu lavozimni egallagan va Qirg‘izistonning eng yosh bosh prokuroriga aylangandi.
Qirg‘iziston parlamenti bosh prokuror iste’fosi haqidagi prezident taklifini Joldubayevaning tug‘ilgan kuni — 11-aprelda ma’qulladi.
Izoh (0)