Afg‘onistonlik harbiylar 14-aprel kuni mamlakatning shimoli-g‘arbida IShIDning o‘ndan ortiq jangarisi yo‘q qilinganini ma’lum qildi, deb yozmoqda “Interfaks”.
Milliy armiya bo‘linmalari tomonidan Juzjon viloyatining Darzab uyezdida o‘tkazilgan aviazarbalar va maxsus operatsiya vaqtida IShIDning 17 nafar jangarisi, shu jumladan dala qo‘mondoni Muhammad Yusuf yo‘q qilingan.
Ta’kidlanishicha, operatsiya vaqtida 20 nafar jangari jarohatlangan.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)