AQSh va uning ittifoqchilari Suriyaga zarba berishni to‘xtatdi, hozircha yangi rejalar yo‘q. Shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasining vakili general Jozef Danford shunday bayonot berdi, deb yozmoqda “RIA Novosti”.
Danfordning so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda zarbalar yakunlangan. AQSh mudofaa vaziri Jeyms Mettisning qo‘shimcha qilishicha, AQSh keyingi harakatlarni razvedka ma’lumotlari asosida amalga oshiradi, bu ma’lumotlari “Suriyadan olish esa qiyin hisoblanadi”.
Mettisning ta’kidlashicha, AQSh prezidenti mamlakatning “hayotiy muhim manfaatlarini”, xususan shunday zarbalar haqida buyruqlar berish orqali himoya qilishga to‘laqonli haqli.
Izoh (0)