AQSh, Buyuk Britaniya va Fransiyaning raketa zarbalaridan keyin Damashqda namoyishlar boshlandi. Suriyaliklar mamlakat prezidenti Bashar Asadni qo‘llab-quvvatlamoqda, deb yozadi Meduza.
AQSh prezidenti Donald Trampning buyrug‘idan so‘ng, 14-aprelga o‘tar kechasi AQSh va uning ittifoqchilari Damashq va Xomsdagi nishonlarga zarba berdi. Operatsiya chog‘ida 100 dan ortiq raketa nishonlarga yo‘naltirilgan. Xomsdagi zarbalar oqibatida uch kishi jabrlangani ma’lum qilindi.
Izoh (0)