Samarqand viloyatining Payariq tumanida bir oilaning 5 a’zosi uyda tayyorlangan konserva mahsulotidan zaharlandi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
9-aprel kuni soat 16:00 atrofida Yomontup mahallasida yashovchi, 1974-yilda tug‘ilgan Sh.Isayev, uning turmush o‘rtog‘i, 1977-yilda tug‘ilgan M.Isayeva va ularning 3 nafar farzandi uy sharoitida tayyorlangan pomidor tuzlamasini iste’mol qilgan.
Shundan so‘ng sog‘liqlari yomonlashib, kasalxonaga yotqizilgan.
Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)