Xitoy Shimoliy Koreyaga ommaviy qirg‘in quroli ishlab chiqarishda qo‘llanishi mumkin bo‘lgan tovar va texnologiyalarni yetkazib berishni taqiqladi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Man etilgan mahsulotlar ro‘yxatiga 32 ta tovar, jumladan, sentrifuga va tezlashtirgichlar kiritildi.
Pekin BMT KXDR yadro va raketa sinovlari tufayli 2017-yil sentabrida qabul qilgan rezolyutsiyaga muvofiq shunday qaror qabul qildi.
Joriy yil 30-mart kuni xalqaro tashkilot Shimoliy Koreyaga nisbatan sanksiyalar ko‘lamini kengaytirdi.
Izoh (0)