IShID guruhi terrorchilari Suriyaning Xoms viloyatidagi T-4 harbiy aerodromiga raketa zarbasi berilganidan keyin, Suriya cho‘lida hukumat kuchlari joylashgan nuqtalarga hujum qildi, deb yozadi “TASS”. Hujum Sebaa-Biar tumanida qaytarildi.
SANA agentligi harbiy manbasiga tayanib, aerodromga hujum AQSh qurolli kuchlari tomonidan berilganini da’vo qildi. Ammo Oq uy va Pentagon AQShning Suriya aerodromiga berilgan zarbaga aloqadorligini tasdiqlamadi.
Keyinroq Al Mayadeen telekanali Suriyaning Xoms viloyatidagi T-4 aerodromiga raketa zarbasi berilgan vaqtda Isroil harbiy-havo kuchlari Suriya va Livan o‘rtasidagi chegara hududida razvedka parvozlarini amalga oshirayotgan bo‘lgani haqida xabar berdi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)