Argentinaning La-Pampa provinsiyasida yengil motorli samolyotning halokatga uchrashi oqibatida besh kishi halok bo‘ldi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Hodisa Kuma-Kuma va Pelyegrini shaharlari o‘rtasida parvoz qilayotgan Piper PA-34 Seneca yengil motorli samolyoti bilan yuz bergan.
“Samolyot bortida bo‘lgan besh kishi halok bo‘ldi. Mutaxassislar hodisa joyiga yetib borgan”, — deyiladi xabarda.
Samolyot halokati sabablari hozircha noma’lum.
Izoh (0)