Xitoy AQSh tomonidan mahsulotlariga boj joriy etish rejasiga javoban bunga mutanosib tarzda javob choralarini ko‘rishga tayyorligini ma’lum qildi. Bu haqda “Sinxua” xabar bermoqda.
25 foizli boj qo‘llash mo‘ljallangan mahsulotlari ro‘yxati 4-aprel kuni e’lon qilindi. Unga AQShdan import qilinadigan 14 toifaga mansub 106 nomdagi tovarlar kirdi.
Jumladan, ular sirasiga soya dukkaklilari, avtomobillar, havo kemalari va kimyo sanoati mahsulotlari kiradi.
Ushbu ro‘yxatdagi tovarlarning Xitoyga importi hajmi 50 milliard dollar baholanmoqda.
Izoh (0)