AQSh Osiyo-Tinch okeani mintaqasiga 200 dan ortiq harbiy obyektni joylashtirgan, ularga 400 ming harbiy xizmatchi jalb qilingan. Bu haqda Rossiya qurolli kuchlari bosh shtabi bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Igor Kostyukov aytib o‘tdi, deb yozadi “RIA Novosti”.
“O‘z maqsadlarini amalga oshirish uchun, shu jumladan, Osiyo-Tinch okeani mintaqasining istalgan nuqtasiga tezkorlik bilan qo‘shinlarini joylashtirish hisobiga kuchlarni loyihalashtirishga sharoitlar yaratish uchun AQSh 400 mingdan ziyod sonli guruhini tuzdi. Ayni paytda mintaqada 50 dan ortiq harbiy baza faoliyat yuritadi, bu yerda jami 200 dan oshiq Amerika harbiy obyektlari bor”, — dedi Kostyukov xalqaro xavfsizlik bo‘yicha VII Moskva konferensiyasida.
Izoh (0)