Amerika qo‘shinlari IShID terrorchilik guruhi ustidan g‘alaba qozonish uchun yana qanchadir vaqt Suriyada qolishi kerak. Bunga AQSh prezidenti Donald Tramp qo‘shildi, ammo u qo‘shinlar nisbatan tezroq chiqarib ketilishini istamoqda. Bu haqda Tramp ma’muriyati vakili ma’lum qildi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Vakil Reuters’ga xabar qilishicha, Tramp qo‘shinlarni Suriyadan zudlik bilan chaqirib olmoqchi emas va IShID terrorchilariga qarshi kurashni oxirigacha yetkazmoqchi.
Milliy xavfsizlik kengashi majlisida Tramp Suriyadan AQSh qo‘shinlari chiqarib ketilishining aniq vaqtini belgilamadi. Shu bilan birga, u boshqa mamlakatlarni mintaqada barqarorlikni ta’minlashda yordam berishga chaqirdi.
Izoh (0)