• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12603.52
    • RUB160.94
    • EUR14676.8
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Bobomurod Abdullayev ishi bo‘yicha birinchi guvoh bir-biriga zid ko‘rsatmalar berdi

    Fuqaro Kenja Musanov O‘zbekistonda hokimiyatni egallab olish yoki konstitutsiyaviy tuzumni ag‘darish maqsadida til biriktirganlikda ayblanayotgan Bobomurod Abdullayev, Hayotxon Nasriddinov, Shavkat Olloyorov va Ravshan Salayevning ishi bo‘yicha ko‘rsatmalar bergan ilk guvoh bo‘ldi, deb yozadi “Gazeta.uz”.

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”

    Musanov Bobomurod Abdullayev bilan 2013-yilda tanishgan, u Abdullayev boshqarayotgan taksiga o‘tirgan, mashinada ular turli mavzularda suhbatlashgan. Abdullayev odam tashish bilan shug‘ullanishini va qo‘ng‘iroq qilsa, uyiga ham borishi mumkinligini aytgan. Ular telefon raqamlari bilan ayirboshlashgan. “U meni uch-to‘rt marta u yoq-bu yoqqa olib bordi, har safar o‘zi qo‘ng‘iroq qilardi”, — dedi Kenja Musanov.

    Muloqotlari chog‘ida Abdullayev O‘zbekiston hukumati va siyosatiga nisbatan norozilik bildirgan, Musanov esa har safar uni to‘xtatib, harbiy xizmatchi ekanligini va bu mavzudagi suhbatlar nomaqbul ekanligini aytgan, ammo Abdullayev gapirishda davom etgan.

    2013-yil dekabrida Abdullayev Musanovga qo‘ng‘iroq qilib, tushlikka tanishinikiga oshga borishni taklif qilgan. Abdullayev bilan Mirzo-Ulug‘bek tumanidagi uyga kirishganida ularni Hayotxon Nasriddinov kutib olgan.

    Abdullayev undan telefonini o‘chirib, batareykasini chiqarib qo‘yishni so‘ragan, ammo bundan shubhalangan Musanov xizmat bo‘yicha chaqirib qolishlari mumkinligi tufayli telefonini yoniq qoldirgan. Ovqatlanish vaqtida siyosatni salbiy tarzda muhokama qilish boshlangan. MXX, Mudofaa vazirligi, IIV rahbarlarini tilga olib, kuni kelib ularga asqotishi tufayli, ularning manzillarini aniqlashtirish kerakligini aytgan.

    Nasriddinov planshet orqali Muhammad Solih bilan bog‘langan va jamoaga yangi a’zo qo‘shilganini aytib, Musanovni ko‘rsatgan. “Agar ularning rejasini amalga oshirishda yordam bersam, menga Mudofaa vazirligida yuqori lavozim berilishini aytishdi”, — dedi Musanov.

    “Men rahbariyatga xabar berish haqida o‘yladim, ammo bu qandaydir tekshiruv yoki hazil deb o‘ylab, xabar qilmadim. Bunday qilmaganimdan juda afsusdaman”, — dedi u.

    Sud majlisi ishtirokchilarining savollariga javob berar ekan, Musanov suhbat tafsilotlarini eslay olmadi. Shuningdek, uchrashuv vaqtini ham ayta olmadi, ammo sudlanuvchilar uchrashuv 17:00 ga belgilanganini da’vo qilmoqda. Tomonlar, shuningdek, uyda qanday yig‘ilganlari haqida ham bir-biriga zid ko‘rsatmalar berdi.

    Musanov Abdullayev bilan boshidanoq fikrlari bir joydan chiqmagan bo‘lsa ham, taksi xizmatidan foydalanish uchun u bilan muloqot qilishda davom etganini aytdi. Biroq o‘zi hech qachon qo‘ng‘iroq qilmaganini, chunki uning telefon raqamini bilmaganini ta’kidladi. Raislik qilayotgan sudya Musanovdan Abdullayev qo‘ng‘iroq qilgan vaqtda unga taksi kerak bo‘lishini qanday bilganligi haqida savol berdi. “Shuning uchun aytayapmanki, men uning hamroh taksi sifatidagi xizmatidan foydalanmadim. Men undan shunchaki meni u yoq-bu yoqqa oborib qo‘ya olish-olmasligini so‘rardim”, — dedi guvoh.

    Keyinroq Musanov tergov chog‘ida bergan ko‘rsatmalar u sudda bergan ko‘rsatmalardan farq qilishi ma’lum bo‘ldi. Tergov chog‘ida u Nasriddinov bilan avvaldan tanish bo‘lganini, uchrashuv bo‘lgan uyga borganida u kutib olganini, Abdullayev esa keyinroq kelganini va u bilan o‘sha yerda birinchi marta tanishganini aytgan.

    Guvoh ma’lumotlar nima uchun o‘zgarib qolganini tushunmayotganligini aytib, suddagi ko‘rsatmalari rost ekanligini ta’kidladi.

    Majlisda Hayotxon Nasriddinov Musanovdan Mudofaa vazirligidagi harbiy xizmatchilarda harbiy-siyosiy tayyorgarlik bo‘yicha mashg‘ulotlar bo‘lish-bo‘lmasligi, ularni “noqonuniy aksilkonstitutsiyaviy harakatlar” chog‘ida o‘zlarini qanday tutishga o‘rgatish-o‘rgatmasliklari haqida so‘radi.

    “Siyosiy emas, madaniy-ma’rifiy mashg‘ulotlar bo‘ladi. Bizga buni o‘rgatishmaydi, ya’ni aniq bir yo‘nalishlar berishmaydi. Har bir harbiy xizmatchi bunday vaziyatlarda vatanparvar va harbiy xizmatchi sifatida o‘zi ongli ravishda harakat qiladi”, — dedi guvoh.

    “Bunday yomon harakatni ko‘rgan vatanparvar qanday ish tutishi kerak?” — deb so‘radi Nasriddinov.

    “Men rahbariyatga yetkazishim kerak edi, biroq bu tekshiruv yoki hazil ekanligini tushunmaganligim uchun xabar qilmadim. Bu mening aybim”, — dedi Musanov.

    Advokat Sergey Mayorovning o‘sha uydagi suhbat haqida bergan savoliga javob berar ekan, Kenja Musanov suhbatni O‘zbekistonda konstitutsiyaviy tuzumni ag‘darish taklifi sifatida qabul qilmaganini aytdi.

    Sergey Mayorov nashrga ma’lum qilishicha, ayblanuvchi tomon ishda guvoh Musanovning ikkita bir-birini inkor etuvchi ko‘rsatmasi borligini talab qilib turib oladi. “Ustiga-ustak, u aytayotgan narsalar mantiqsiz va bir-biriga zid. Barcha shubhalar sudlanuvchining foydasiga talqin qilinishi kerak”, — dedi himoyachi.

    05.04.2018, 15:22   Izoh (0)   25749
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda amerikalik tadbirkor o‘z mashinasida urib ketgan 33 yoshli ayol vafot etdi

    05.04.2018, 15:18

    Baxtiyor Saidov O‘zbekistonning Mo‘g‘ulistondagi elchisi etib tayinlandi

    05.04.2018, 14:42

    DXX Qo‘qonda qiymati 36 ming dollarlik psixotrop moddalarni musodara qildi

    05.04.2018, 13:43

    Toshkent haydovchilar uchun eng noqulay shaharmi?

    05.04.2018, 12:48

    Toshkent va Jizzax viloyatlarining sobiq hokimlari yana hokimlikka ishga qaytdi

    05.04.2018, 12:37

    Toshkentning yangilangan Janubiy vokzalidan ilk poyezd Buxoroga jo‘nab ketdi

    05.04.2018, 12:15
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 

     

    Tavsiya etamiz

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06

    Titanlar to‘qnashuvi: g‘arb burguti kuchlimi yoxud sharq ajdari?

    21 iyul, 19:50

    Favvorada cho‘milayotgan, muzqaymoqqa navbatda turgan odamlar, maysada uxlayotgan it-mushuklar — Toshkentda chilla

    21 iyul, 14:05

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonning qator hududlarida issiqlik va gidroelektr stansiyalari ishga tushiriladi

    O‘zbekiston | 22 iyul, 00:13

    Indoneziya prezidentining mushugi shaxsiy qo‘riqchiga ega bo‘ldi

    Dunyo | 22 iyul, 00:00

    O‘zbekistonda gaz va benzin ishlab chiqarish hajmi kamaydi

    O‘zbekiston | 21 iyul, 23:44

    Isroil 25 davlatning G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi chaqirig‘ini rad etdi

    Dunyo | 21 iyul, 23:16

    Qirg‘izistonda SIM kartalarni uchinchi shaxsga berish va sotishni taqiqlovchi qonun qabul qilindi

    Dunyo | 21 iyul, 22:56

    O‘zbekistonda “oltmishvoy” va “yetmishvoy”lar tug‘ilishi sezilarli kamaydi

    O‘zbekiston | 21 iyul, 22:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.