4-aprel kuni, taxminan soat 17:00 da 1993-yilda tug‘ilgan, Texas shtatida istiqomat qiluvchi AQShlik tadbirkor Toshkentdagi “Qozog‘iston” kinoteatri yaqinida 33 yoshli ayolni mashinasida urib yubordi, deb xabar beradi UzNews.
Toshkent shahar YHXBning ma’lum qilishicha, 25 yoshli AQSh fuqarosi o‘zining Captiva rusumli avtomobilida Yunusobod tumanida istiqomat qilgan 33 yoshli ayolni Amir Temur shoh ko‘chasidagi 97-sonli uyning qarama-qarshi tarafidagi yo‘ldan o‘tayotganida urib ketgan.
Ayol “bosh suyagi sinishi” tashxisi bilan 7-sonli shahar klinik shifoxonasiga yotqizilgan. Ammo ayol olingan tan jarohatlari oqibatida, bugun, taxminan soat 07:50 da shifoxonada vafot etgan.
Izoh (0)