2017-yilning yozidan O‘zbekistonning Xitoydagi elchisi bo‘lib ishlayotgan Baxtiyor Saidov shu vaqtning o‘zida O‘zbekistonning Mo‘g‘ulistondagi elchisi (qarorgohi Pekin shahrida joylashgan) etib tayinlandi, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.
Baxtiyor Saidov 4-aprel kuni Mo‘g‘uliston prezidenti Xaltmaagiyn Battulgaga ishonch yorliqlarini topshirgan.
Ishonch yorliqlari topshirilish jarayonida o‘zbek-mo‘g‘ul munosabatlarining muhim masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish ikki tomonlama manfaatli ekanligini ta’kidladi.
Izoh (0)